Yordam va tez-tez so'raladigan savollar
Post yozishda nimalardan foydalana olaman?
Matn, rasm (4 tagacha), video, kod bo'lagi, so'rovnoma (2-4 variant) qo'shishingiz mumkin. Post matnida @username yozib kimnidir eslatishingiz, #hashtag yozib mavzu belgilashingiz, $LaTeX$ yozib formula chizishingiz mumkin.
Repost va iqtibos bilan ulashish o'rtasidagi farq nima?
Repost — postni o'zingizdan qo'shimcha izohsiz ulashish. Iqtibos bilan ulashish esa asl postni o'zingizning fikringiz bilan birga ulashish imkonini beradi.
Postimni faqat o‘zim uchun qilsam bo‘ladimi?
Ha, post yozishda "Faqat men" (private) tanlovini belgilasangiz, u faqat sizga ko'rinadi va boshqalar profilingizda ham, qidiruvda ham topa olmaydi.
Hashtaglarni kuzatishim mumkinmi?
Ha. Har qanday hashtag sahifasida "Kuzatish" tugmasi bor. Kuzatilgan hashtaglaringizdagi postlarni bosh sahifadagi "Hashtaglarim" bo'limidan ko'rishingiz mumkin.
Kimdir meni bezovta qilsa nima qilishim kerak?
Har qanday post, izoh yoki foydalanuvchi profilidagi "Shikoyat qilish" tugmasidan foydalaning — moderatorlar ko'rib chiqadi. Shuningdek, foydalanuvchini profilidan bloklashingiz mumkin: bloklangan odamning postlari lentangizda ko'rinmaydi va u sizga xabar yoza olmaydi.
Bildirishnomalarni sozlash mumkinmi?
Ha. Sozlamalar → Bildirishnomalar bo'limida yoqtirish, kuzatuvchi, izoh va eslatma bildirishnomalarini alohida yoqib/o'chirib qo'yishingiz mumkin.
Hisobimni o'chirib tashlamoqchiman, nima qilaman?
Sozlamalar → Xavfsizlik → Xavfli hudud bo'limida hisobingizni faolsizlantirishingiz mumkin. Bu holatda profilingiz va postlaringiz boshqalarga ko'rinmay qoladi. Keyingi safar tizimga kirganingizda hisobingiz avtomatik qayta faollashadi.
Guruhlar qanday ishlaydi?
Guruh yaratib, unga a'zolarni taklif qilishingiz mumkin. Guruh egasi va adminlar a'zolarni boshqarishi (admin qilish, chiqarib yuborish), guruh ma'lumotlarini tahrirlashi mumkin. Guruhga faqat a'zolar post yozadi.
Faol seanslarimni ko'rish va boshqa qurilmalardan chiqish mumkinmi?
Ha, Sozlamalar → Xavfsizlik → Faol seanslar bo'limida barcha faol kirishlaringizni ko'rasiz va istalganini (yoki barchasini) alohida tugatishingiz mumkin.
Savolingizga javob topa olmadingizmi? Shikoyat va takliflar uchun har qanday post yoki profildagi tegishli tugmalardan foydalaning. Qo'shimcha: Foydalanish shartlari · Maxfiylik siyosati